«Manchester Siti» Husanov bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
“Manchester Siti” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirish arafasida turibdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” Husanov bilan muzokaralarni deyarli yakunlagan. Shuningdek, klub belgiya hujumchisi Jeremy Doku bilan ham 2031 yilgacha amal qiladigan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Abduqodir Husanov 2025 yil yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan edi. O‘zbekistonlik markaziy himoyachi dastlab klub bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagandi. Endi esa klub rahbariyati unga yaxshilangan shartlar asosida yangi bitim taklif qilmoqda.