Manchester Siti Holandning dubli evaziga Evertonni mag'lubiyatga uchratdi
Angliya primyer-ligasi 8-turidan o'rin olgan Manchester Siti hamda Everton jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi.
«Manchester Siti» o‘z uyida «Everton»ni Holandning dubli evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Norvegiyalik hujumchi mavsumdagi gollarini 11 taga yetkazib, to‘purarlar poygasida yaqqol yetakchilik qilmoqda.
«Shaharliklar» safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqrdir Husanov jarohat sabab o‘ynamadi.
APL. 8-tur. 18 oktyabr
Manchester Siti — Everton 2:0
Gollar: Holand (58, 63).
Manchester Siti — Donnarumma, Nunesh, Diash, Ake, O'Rayli (Lyuis, 85), Niko (Kovachich, 86), Reynders (Silva, 60), Savinio (Sherki, 86), Foden, Doku (Bobb, 60), Holand.
Everton — Pikford, O'Brayen, Tarkovski, Kin, Mikolenko, Guye (Ayrogbunam, 71), Garner, Alkaraz (Rol, 71), Dyuzberi-Holl (Maknil, 87), Ndiaye (Dibling, 87), Betu (Barri, 76).
Ogohlantirish: Garner (39).