“Manchester Siti” himoyachisi ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
“Manchester Siti” himoyachisi Riko Lyuis Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining yana ikkita o'yinini o'tkazib yuboradi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchi turnirning 1-turidan o'rin olgan “Vidad”ga qarshi uchrashuvning 88-daqiqasida qo'polligi uchun qizil kartochka bilan jazolangandi. Shu sabab Lyuis “Al-Ayn”ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.
Manbaga ko'ra, FIFA tartib-intizom qo'mitasi 20 yoshli futbolchini yana ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilishga qaror qilgan. Shu tariqa, u guruh bosqichining so'nggi turi va musobaqaning 1/8 finalini o'tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” turnirning 3-turidan “Yuventus” ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 27-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi. Ushbu bahs “G” guruhi g'olibini aniqlab beradi.