locale OZ

«Manchester Siti» Heronimo Rulini transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Transfer qiymati taxminan 3,5 million yevroni tashkil qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Heronimo Rulini transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” klubi “Marsel” bilan argentinalik darvozabon Heronimo Rulining transferi yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

34 yoshli posbon Angliya klubi bilan 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Kelishuvda shartnomani yana bir mavsumga — 2029 yil iyunigacha uzaytirish imkoni ham bor.

“Marsel” Ruliga “Manchester City” ixtiyoriga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ruxsat berdi.

L’Équipe ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati taxminan 3,5 million yevroni tashkil qiladi.

Avvalroq “Manchester Siti” o‘zining 23 yoshli ingliz darvozaboni Jeyms Traffordni “Lids”ga sotgandi. Shu sababli manchesterliklar darvoza chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi.

Ruli 2024 yil yozidan buyon “Marsel” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Fransiya klubi argentinalik futbolchini o‘sha yili “Ayaks”dan 4 million yevro evaziga xarid qilgan.

O‘tgan mavsumda Ruli “Marsel” safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 52 ta gol o‘tkazib yubordi va 9 marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting