locale OZ

\"Manchester Siti\" ham Rodrigo uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Siti" ham Rodrigo uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images

“Manchester Siti” Rodrigo uchun kurashga qo‘shildi, deb xabar berdi ESPN nashri.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik 24 yoshli futbolchi “Real”ni tark etishi kutilmoqda.

Unga asosiy da’vogar sifatida “Arsenal” qaralmoqda. Ammo Rodrigo shu yozda Madridni tark etsa ham, "Arsenal" 24 yoshli braziliyalik futbolchi uchun raqobatga duch kelishi mumkin.

“PSJ” ham futbolchi atrofidagi voqealarni kuzatib bormoqda va unga taklif tayyorlamoqda.

O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting