locale OZ

«Manchester Siti» hali ham o‘z aybsizligini isbotlay olishiga ishonmoqda

Bu haqda insayder Devid Ornshteyn The Athletic nashri podkastida ma’lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» hali ham o‘z aybsizligini isbotlay olishiga ishonmoqda
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» rahbariyati moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ishda hali ham o‘z aybsizligini isbotlay olishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda insayder Devid Ornshteyn The Athletic nashri podkastida ma’lum qildi.

Avvalroq mustaqil komissiya «shaharliklar»ni 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topgan edi.

Jurnalist ta’kidlashicha, bunday ish bo‘yicha hozirgacha o‘xshash pretsedent mavjud emas va tergov jarayonining yakuniy natijasi qanday bo‘lishini hech kim aniq bilmaydi. «Manchester Siti» 2 oktabr, juma kuniga qadar apellyatsiya berish huquqiga ega.

«Siti»ga nisbatan qanday jazo qo‘llanilishi hali aniq emas. Turli taxminlarga ko‘ra, klubga nisbatan ochkolarni olib tashlashdan tortib, Premer-ligadan chetlatishgacha bo‘lgan turli darajadagi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting