locale OZ

\"Manchester Siti\" Gvardiol bilan shartnomani uzaytirdi

23 yoshli futbolchi faoliyati davomida Zagrebning "Dinamo" va Germaniyaning "RB Leypsig" klublarida ham to‘p surgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Siti" Gvardiol bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Getty Images

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Yangi kelishuvga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi 2031-yilga qadar ingliz klubi safida qoladi. Avvalroq unga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Gvardiol "Manchester Siti"ga 2023-yil yozida kelib qo‘shilgan. Shu vaqtga qadar u jamoa safida barcha musobaqalarda 122 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.

23 yoshli futbolchi faoliyati davomida Zagrebning "Dinamo" va Germaniyaning "RB Leypsig" klublarida ham to‘p surgan. Gvardiol ayni paytda "Manchester Siti" himoya chizig‘ining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting