«Manchester Siti» futbolchilari klubga qarshi da’vo qilish masalasida yuristlarga murojaat qildi
«Manchester Siti» futbolchilari va ularning vakillari klubga qarshi ehtimoliy da’volar bo‘yicha yuristlar bilan bog‘lanishdi. Bu haqda Sky Sports News X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Futbolchilar sovrindan mahrum bo‘lish yoki Chempionlar ligasiga chiqa olmaslik oqibatida olinmay qolishi mumkin bo‘lgan bonuslar masalasida mutaxassislardan maslahat olmoqda.
29 sentyabr kuni Angliya Premer-ligasi mustaqil komissiya «Manchester Siti» 2009/2010-yilgi mavsumdan 2017/2018-yilgi mavsumgacha bo‘lgan davrda APLning moliyaviy qoidalarini buzgan deb topganini tasdiqlaganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, «shaharliklar» klub daromadlarini sun’iy ravishda oshirish va xarajatlarini 900 million funtdan ortiq miqdorda kamaytirishga urinish maqsadida ushbu qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan.