locale OZ

«Manchester Siti» Fransani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

Biroq rimliklar oʻz futbolchisini sotishni rejalashtirishmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Fransani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Roma”ning o‘ng qanot himoyachisi Uesli Fransa faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Uesli “Manchester Siti”ning qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, 22 yoshli braziliyalik futbolchi uchun ingliz klubi 50 million yevro taklif qilishga tayyor.

Biroq rimliklar o‘z futbolchisini sotishni rejalashtirmayapti.

“Roma” Ueslini o‘tgan yozda Braziliyaning “Flamengo” klubidan 25 million yevro evaziga sotib olgan edi. Joriy mavsumda u 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Ueslining Italiya klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting