«Manchester Siti» Foden bilan muzokara kirishdi
Amaldagi kelishuv 2027-yilda yakuniga yetadi.
ФОТО: Getty images
«Manchester Siti» yarim himoyachi Fil Foden bilan shartnomani uzaytirish niyatida.
Amaldagi kelishuv 2027-yilda yakuniga yetadi, ammo «shaharliklar» rahbariyati o‘zining yulduz tarbiyalanuvchisi bilan hamkorlikni davom ettirishga qat’iy qaror qilgan.
Jurnalist Pol Xerstning ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan.
Klub so‘nggi yillarda biroz pasayishni boshdan kechirayotgan o‘yinchini to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.
Fil Foden joriy mavsumda Xosep Gvardiola jamoasi safida 45 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga o‘nta gol va beshta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. May oyi oxirida angliyalik futbolchi 26 yoshga to‘ladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist