«Manchester Siti» Fil Foden bilan yangi shartnoma imzolaydi
Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” tez orada ingliz futbolchisi Fil Foden bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kutilmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Hozircha tomonlar o‘rtasidagi yangi bitim necha yillik bo‘lishi noma'lum. Ammo "Manchester Siti" Filni uzoqroq muddatga jamoada olib qolishni istamoqda.
Foden "shaharliklar" akademiyasining tarbiyalanuvchisi. 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 80 million yevro deb baholagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist