locale OZ

“Manchester Siti” Enso Fernandes va Ayyub Buaddi transferlari uchun futbolchisini sotishga tayyor

Klub Sandro Tonali va Bruno Gimarayeshdan ayrilgach, yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Enso Fernandes va Ayyub Buaddi transferlari uchun futbolchisini sotishga tayyor
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Niko Gonsales yozgi transfer oynasi yakuniga qadar jamoani tark etishi mumkin. talkSPORT ma’lumotiga ko‘ra, Manchester klubi 24 yoshli ispaniyalik futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Gonsalesga “Nyukasl” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub Sandro Tonali va Bruno Gimarayeshdan ayrilgach, yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan va ispaniyalik futbolchini asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

“Manchester Siti” esa Gonsalesning transferidan tushadigan mablag‘ni yangi futbolchilar xaridiga yo‘naltirmoqchi. Manbaga ko‘ra, klub “Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes hamda “Lill”ning yosh futbolchisi Ayyub Buaddini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Shunga qaramay, Gonsalesning o‘zi jamoada qolishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Niko Gonsalesni o‘tgan yozda “Portu”dan 60 million yevro evaziga sotib olgan. Shundan buyon u klub safida barcha musobaqalarda 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting