locale OZ

«Manchester Siti» Dyusberi-Xollni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Dewsberi-Xollning "Everton" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Dyusberi-Xollni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Everton" markaziy yarim himoyachisi Kirnan Dewsberi-Xoll faoliyatini "Manchester City"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli xavbekni "Manchester City" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Qayd etilishicha, "shaharliklar" futbolchini "Everton"ga o‘tishidan oldinroq kuzata boshlagan va hanuzgacha uni yuqori baholamoqda. Potensial bitim qiymati taxminan 46 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Joriy mavsum u Angliya premer-ligasida 18 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Dewsberi-Xollning "Everton" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 28 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting