«Manchester Siti» Donnarumma bilan kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images
“Manchester Siti” “PSJ” darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shaxsiy shartlarni kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik 26 yoshli kiper Xosep Gvardiola jamoasiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Hozirda “Siti” va “PSJ” jamoalari o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, transfer summasi 50 million yevrodan kamroq bo‘lishi aytilmoqda. “Siti” bu summani bir necha qismga bo‘lib to‘laydi.
Shu bilan birga, Donnarumma bilan shartnoma imzolanishi hali ham Edersonning yozda ketishiga bog‘liq. Hozirda unga “Galatasaray” hamon qiziqish bildirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist