locale OZ

«Manchester Siti» Doku bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Futbolchining maoshi oshiriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Siti" Doku bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
ФОТО: Getty images

Angliyaning “Manchester Siti” klubi 24 yoshli qanot hujumchisi Jeremi Doku bilan shartnomani uzaytirishga yaqin. Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, belgiya futbolchisi “shaharliklar” bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi va unga binoan futbolchining maoshi oshiriladi.

Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Futbolchi bilan amaldagi kelishuv 2028 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Doku 2023 yilning avgust oyidan beri “Manchester Siti” safida to‘p surmoqda.

Yakunlangan mavsumda belgiya futbolchisi barcha musobaqalarda klub safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va 14 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting