«Manchester Siti» Deturbeni kuzatmoqda
Forward Fransiya Liga 2da harakat qilmoqda.
ФОТО: Getty images
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi diqqat markaziga Fransiyaning “Troyes” klubi tarkibida to‘p surayotgan 18 yoshli hujumchi Matias Deturbe tushdi.
Forward Fransiya Liga 2da harakat qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “shaharliklar” Deturbe uchun “Roma” va “Monako” bilan raqobatlashmoqda. Rim klubi allaqachon “Troyes”ga 8 million yevro taklif qilgan.
Deturbe “Troyes” safida 2024 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi 17 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta samarali pas muallifi bo‘ldi
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist