locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

“Manchester Siti” De Bruyne o'rniga ikkita nomzodni ko'rib chiqmoqda

Futbol 10 apr 2025 da 07:49
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
“Manchester Siti” De Bruyne o'rniga ikkita nomzodni ko'rib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” joriy mavsum oxirida jamoani tark etadigan Kevin De Bruyne o'rniga muqobil variantlarni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “shaharliklar” “Nottingem Forest”ning 25 yoshli yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt va “Bayer”ning 21 yoshli futbolchisi Florian Virtsga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, “Manchester Siti” belgiyalik futbolchining o'rnini to'ldirish uchun jamoaning ichki resurslariga ham murojaat qilishi mumkin. Fil Foden De Bruynening vazifasini bajarishga qodir futbolchi sifatida ko'rilmoqda.

Ma'lumot uchun, Florian Virts joriy mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Gibbs-Uayt esa 30 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting