locale OZ

“Manchester Siti” braziliyalik vinger Allan Elias bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Angliya klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” braziliyalik vinger Allan Elias bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” “Palmeyras”ning 22 yoshli vingeri Allan Elias transferi ustida ishlamoqda. Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Endi “Manchester Siti” transferni amalga oshirish uchun “Palmeyras” bilan kelishishi kerak. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan, biroq hozircha transfer summasi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Allan Elias “Siti”da Savinoning o‘rnini egallashi mumkin. Braziliyalik Savinoning “Tottenhem”ga o‘tishi kutilmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, London klubi uning transferi uchun 75 million funt va yana 10 million funtgacha bonus to‘lashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Allan Elias joriy mavsum “Palmeyras” safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting