locale OZ

\"Manchester Siti\" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga \"PSJ\" yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri yoqadi

"Shaharliklar" endi parijliklardan boshqa bir futbolchini nishonga oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga "PSJ" yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri yoqadi
Photo: gettyimages

Bir necha hafta oldin "Manchester Siti" "PSJ"dagi og‘ir vaziyatdan foydalanib, darvozabon Janluiji Donnarummani o‘z safiga qo‘shib olgandi. "Shaharliklar" endi parijliklardan boshqa bir futbolchini nishonga oldi.

Goal portalining Jeunes Footeux'ga tayanib xabar berishicha, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga "PSJ" yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri yoqadi. "Shaharliklar" futbolchining holatini sabr bilan kuzatib boradi va imkon bo‘lsa, uni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfiy Uorren Zair-Emerini 100 million yevroga baholamoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Zair-Emeri "PSJ"ning yettita o‘yinida ishtirok etgan.

To‘rt holatda 19 yoshli xavbek asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting