locale OZ

“Manchester Siti” “Bornmut” yulduzi Aleks Skott transferi bo‘yicha muzokara boshladi

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” “Bornmut” yulduzi Aleks Skott transferi bo‘yicha muzokara boshladi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” “Bornmut” yarim himoyachisi Aleks Skottni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, Manchester klubi 22 yoshli angliyalik futbolchining transferi yuzasidan “Bornmut” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Skott “Bornmut” safida markaziy yarim himoyachi sifatida faoliyat olib bormoqda. “Manchester Siti” rahbariyati uning o‘yinini yuqori baholamoqda va yozgi transfer oynasi yakuniga qadar futbolchini jamoaga olib kelish imkoniyatini o‘rganmoqda.

“Bornmut” Aleks Skottni 2023-yilda “Bristol Siti”dan 23 million yevro evaziga sotib olgan. Hozirda Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Aleks Skott o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting