«Manchester Siti» Bernardu Silva o‘rniga munosib nomzod topdi
«Manchester Siti» klubi «Nottingem Forest» yarimhimoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. «Shaharliklar» 26 yoshli ingliz futbolchisini yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Bernardu Silvaning o‘rnini bosa oladigan potentsial nomzod sifatida ko‘rishmoqda. Bu haqda Football Insider portali xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, ushbu transfer 70 million yevroga tushishi mumkin. Avvalroq, futbolchiga «Aston Villa» ham da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gibbs-Uayt joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 4 ta golli uzatma mavjud. Morgan faoliyati davomida «Vulverxempton», «Sheffild Yunayted» va «Suonsi» kabi klublar sharafini ham himoya qilgan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.