locale OZ

“Manchester Siti” “Bavariya” futbolchisi uchun 100 million yevrodan ortiq taklif qilgan

Biroq Pavlovich faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishni afzal ko‘rgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” “Bavariya” futbolchisi uchun 100 million yevrodan ortiq taklif qilgan
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” klubi Myunxenning “Bavariya” jamoasi yarim himoyachisi Aleksandar Pavlovich uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda futbolchining o‘zi jurnalist Kristian Falk bilan suhbatda tasdiqlagan. Mazkur ma’lumot CF Bayern Insider nashrida e’lon qilindi.

Manbaga ko‘ra, Manchester klubi Pavlovichni yarim himoyasini kuchaytirish uchun munosib nomzod sifatida ko‘rgan. Germaniyalik futbolchiga Rodri o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan o‘yinchilardan biri sifatida qaralgan.

Biroq Pavlovich faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishni afzal ko‘rgan. Myunxenda tug‘ilib ulg‘aygan futbolchi klubga sodiqligini bildirib, aynan shu jamoa bilan yirik sovrinlarni qo‘lga kiritishni istashini aytgan. U kelajakda “Oltin to‘p” uchun kurashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Aleksandar Pavlovich “Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi Germaniya terma jamoasi safida ham o‘ynab kelmoqda. Uning “Manchester Siti”ga transferi bo‘yicha hozircha yangi muzokaralar olib borilayotgani tasdiqlanmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting