locale OZ

“Manchester Siti” “Barselona”ning Rodri uchun yangi taklifini rad etdi

Shunga qaramay, “Barselona” transfer bo‘yicha muzokaralarning davom etishiga ishonmoqda.
“Manchester Siti” “Barselona”ning Rodri uchun yangi taklifini rad etdi
“Manchester Siti” “Barselona”ning Rodri uchun yangi taklifini rad etdi

“Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri transferi bo‘yicha navbatdagi taklifini yubordi, biroq Angliya klubi taklif qilingan summadan qoniqmadi. 29 yoshli ispaniyalik futbolchi hozircha “Manchester Siti” ixtiyorida qolmoqda.

Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar Rodri uchun 60 million yevro va bonuslar taklif qilgan. “Manchester Siti” esa o‘z futbolchisini qo‘yib yuborish uchun 80 million yevro talab qilmoqda. Avvalroq “Barselona”ning taklifi 65 million yevro va bonuslardan iborat ekani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Shunga qaramay, “Barselona” transfer bo‘yicha muzokaralarning davom etishiga ishonmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi narx farqi bonuslar orqali kamaytirilishi va yakunda murosaga erishilishi mumkinligi aytilmoqda.

Hozircha Rodri transferi bo‘yicha yakuniy kelishuv mavjud emas. “Manchester Siti” 80 million yevrolik talabidan qaytmagan, “Barselona” esa ispaniyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shish harakatlarini davom ettirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting