“Manchester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi bo‘yicha so‘rov yubordi
“Manchester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yongga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi niderlandiyalik futbolchining transferi bo‘yicha Kataloniya jamoasiga so‘rov yuborgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Siti” 29 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu qiziqish haqidagi ma’lumotni jurnalist Xose Alvarez The Touchline nashriga bergan.
De Yong ayni vaqtda jarohati sabab mavsum boshidagi uchrashuvlarni o‘tkazib yubormoqda. Uning maydonga qaytishi kuz oxirlariga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shuningdek, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yaqinda futbolchini jamoa sardorlari ro‘yxatidan chiqargan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt de Yongning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda. Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan kuzda “Barselona” bilan shartnomasini 2029-yilgacha uzaytirgan.