locale OZ

“Manchester Siti” Ayub Buaddining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Avvalroq ingliz klubi Buaddi uchun 129 million yevro to‘lashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Manchester Siti” Ayub Buaddining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” Fransiyaning “Lill” klubi va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayub Buaddini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchining transferi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri jamoani tark etganidan keyin rasman tasdiqlanishi kutilmoqda. Avvalroq ingliz klubi Buaddi uchun 129 million yevro to‘lashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Buaddi o‘tgan mavsum “Lill” safida barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, marokashlik yarim himoyachi 2026-yilgi Jahon chempionatida terma jamoasi safida beshta uchrashuvda ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Ayub Buaddining “Lill” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda. Hozircha “Manchester Siti” yoki “Lill” transferni rasman e’lon qilmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting