«Manchester Siti» Andersonni sotib olmoqchi
Futbolchiga “Chelsea” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” “Nottingham Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Express xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli ingliz futbolchisi uchun “shaharliklar” taxminan 87 million yevro sarflashi mumkin. Futbolchiga “Chelsea” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
O‘z navbatida “o‘rmonchilar” ham futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas.
Joriy mavsumda Anderson barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist