locale OZ

«Manchester Siti» Anderson uchun taklif yubordi

Bu haqida The Athletic xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manchester City Anderson uchun taklif yubordi
ФОТО: Getty images

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Nottinghem Forest” yarim himoyachisi Elliot Anderson transferi bo‘yicha dastlabki taklifni yubordi. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Biroq “o‘rmonchilar” mankunianliklarning taklifini rad etdi. Shunga qaramay, “shaharliklar”ning 23 yoshli futbolchiga qiziqishi saqlanib qolmoqda va muzokaralar davom etmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Nottingham Forest” Anderson uchun “Arsenal” klubi “West Ham”dan Declan Rice transferi uchun to‘lagan 105 million funtdan ham yuqori mablag‘ni talab qilmoqda.

2025/26 mavsumda Anderson “Nottinghem Forest” safida barcha turnirlarda 50 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Shuningdek, u Angliya terma jamoasi tarkibida JCH–2026da ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting