locale OZ

«Manchester Siti» Anderson uchun hamon da’vogar

Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Anderson uchun hamon da’vogar
ФОТО: Getty images

Manchester Siti” klubi “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonni diqqat markazida ushlab turibdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun faol harakat qilishi kutilmoqda. Pep Gvardiola Andersonning o‘yinini anchadan beri kuzatib kelmoqda va uning o‘yin uslubi o‘z taktikasiga to‘liq mos keladi, deb hisoblamoqda.

Angliyalik futbolchi “Nottingem Forest” safida 2024 yilning yozidan beri to‘p surmoqda. Elliot joriy mavsum klub safida jami 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Andersonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting