«Manchester Siti» Anderson uchun asosiy da'vogar
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" "Nottingham Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonni 2026 yildagi asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylantirishga tayyor, deya xabar beradi Daily Mail nashri.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar"ga "Manchester United" va "Liverpool" raqobat qilishi mumkin.
"O'rmonchilar" 23 yoshli futbolchi uchun 100 million funt sterling (114 million yevro) bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Joriy mavsumda Anderson barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol urdi va golli uzatma berdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist