locale OZ

«Manchester Siti» Anderson transferiga 130 mln funt taklif qiladi — The Sun

Bu esa britaniyalik o'yinchilar uchun yangi transfer rekordi bo'ladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester City" Anderson transferiga 130 mln funt taklif qiladi — The Sun
ФОТО: Getty images

"Manchester Siit" "Nottingham Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga yetib keldi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

23 yoshli futbolchining transfer summasi taxminan 130 mln funt sterlingni (taxminan 150 mln yevro) tashkil etadi, bu esa britaniyalik o'yinchilar uchun yangi transfer rekordi bo'ladi.

Avvalroq "Nottingham Forest" rahbariyati "shaharliklar"ning ikkita taklifini rad etgan, ularning oxirgisi 120 mln funt sterling (taxminan 138,5 mln yevro) edi.

Ayni paytda klublar to'lovlar tarkibi bo'yicha asosiy kelishmovchiliklarni hal qilishdi. "Manchester Siti" futbolchi uchun tibbiy ko'rikni AQShning o'zida tashkil etishni rejalashtirmoqda, Anderson hozirda u yerda Angliya terma jamoasi safida JCH—2026da ishtirok etmoqda.

"Manchester Siti"da Andersonni ushbu transfer oynasida klubni tark etgan portugaliyalik Bernardo Silvaning uzoq muddatli o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda. Kelishuv "Nottingham Forest" tibbiy ko'rik o'tkazishga yakuniy rozilik berganidan so'ng yaqin vaqt ichida rasmiylashtirilishi kutilmoqda

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting