locale OZ

«Manchester Siti» Anderson transferi bo‘yicha rad javobini oldi, muqobil variant — Tonali

Shuningdek, «Arsenal» ham ushbu futbolchiga daʼvogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Anderson transferi bo‘yicha rad javobini oldi, muqobil variant — Tonali
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» klubi yarimhimoyachi Elliot Anderson transferi bo‘yicha «Nottingem Forest» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, chunki ingliz klubining birinchi taklifi rad etilgan. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «o‘rmonchilar» ingliz futbolchisi uchun 116 million yevrodan ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, agar Anderson borasidagi kelishuv amalga oshmasa, «Nyukasl» tayanch yarimhimoyachisi Sandro Tonali «Manchester Siti» uchun yaxshi variantga aylanishi mumkin.

Shuningdek, Londonning «Arsenal» klubi ham italiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Tonali 2023 yilning yozida «Milan»dan «Nyukasl» safiga ko‘chib o‘tgan edi. Ortda qolgan mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting