locale OZ

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov va Jeremi Doku bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga yaqin

24 yoshli Jeremi Doku esa 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta bahsda ishtirok etib, 8 ta gol va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
«Manchester Siti» Abduqodir Husanov va Jeremi Doku bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga yaqin
photo: gettyimages

«Manchester Siti» himoyachi Abduqodir Husanov va vinger Jeremi Doku bilan yangi uzoq muddatli shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchi bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi bitim imzolanadi.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli Abduqodir Husanov 2025 yil yanvar oyida «Lans»dan «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda u jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylanib, 37 ta bahsda maydonga tushdi hamda klubning Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritishiga yordam berdi.

24 yoshli Jeremi Doku esa 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta bahsda ishtirok etib, 8 ta gol va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fil Foden ham «Manchester Siti» bilan yangi shartnoma imzolagandi. Shuningdek, yaqin kunlarda klub Yoshko Gvardiol bilan ham bitimni uzaytirishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting