locale OZ

“Manchester Siti” 2018-yildan buyon soliq tekshiruvi ostida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Surishtiruv Germaniyaning Der Spiegel nashri klubga oid maxfiy elektron yozishmalarni e’lon qilganidan so‘ng boshlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” 2018-yildan buyon soliq tekshiruvi ostida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Angliyaning “Manchester Siti” klubi 2018-yildan buyon Buyuk Britaniya soliq idoralari tomonidan tekshirib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tekshiruv klubning murakkab moliyaviy sxemalar orqali soliq majburiyatlarini kamaytirgan bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq. Surishtiruv Germaniyaning Der Spiegel nashri klubga oid maxfiy elektron yozishmalarni e’lon qilganidan so‘ng boshlangan.

Xususan, sobiq bosh murabbiy Roberto Manchiniga konsalting shartnomasi orqali to‘langan 8,86 million funt ham e’tiborga tushgan. Hozircha soliq idoralari klubga nisbatan rasmiy jazo choralarini qo‘llamagan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” 2009–2018-yillar oralig‘idagi moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ham javobgarlikka tortilgan. Mustaqil komissiya klubni 900 million funtdan ortiq mablag‘ bilan bog‘liq moliyaviy hisobotlarni buzganlikda aybdor deb topgan. Klub esa bu qaror ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting