\"Manchester Siti\" 16 yoshli iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shishga yaqin
"Manchester Siti" "Lester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 16 yoshli qanot hujumchisi Jeremi Monga transferini yakunlash arafasida turibdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga deyarli erishgan. Bitim qiymati taxminan 10 million funt sterlingni tashkil etishi, bonuslar bilan esa 12,5 million funtgacha yetishi mumkin.
Qayd etilishicha, yosh futbolchiga avvalroq "Arsenal" ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. Biroq "Manchester Siti" muzokaralarda ustunlikka erishib, transferni yakunlashga yaqin turibdi.
Jeremi Monga o‘tgan mavsum "Lester Siti" safida asosiy jamoada maydonga tushib, Angliyaning eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri sifatida e'tirof etildi. Agar transfer amalga oshsa, u faoliyatini "Manchester Siti" tizimida davom ettiradi.