locale OZ

«Manchester Siti» 120 mln yevro qiymatidagi futbolchini xarid qilmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» 120 mln yevro qiymatidagi futbolchini xarid qilmoqchi
Photo: Getty Images

“Manchester Siti” klubi “Brayton” futbolchisi Karlos Balebani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli kamerunlik yarim himoyachi “shaharliklar”ning asosiy transfer maqsadiga aylangan.

O‘tgan mavsumda u klub tarkibida jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Uning turli pozitsiyalarda o‘ynay olishi va kuchli jismoniy holati “shaharliklar” e’tiborini tortgan.

“Brayton” Balebaning narxini 120 million yevro etib belgilagan. Shuningdek, futbolchining sobiq klubi — “Lill” transfer summasining 20 foizini oladi. Bu taxminan 30 million yevroga teng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting