Manchester jamoalari Dumfris uchun kurashadi
Bu futbolchiga “Barselona” ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
ФОТО: Getty images
"Inter" himoyachisi Denzel Dumfris faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Football Insider.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli niderlandiyalik futbolchiga "Manchester City" va "Manchester United" da’vogarlik qilmoqda. Har ikkala klub ham futbolchini yaqin transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Dumfris "Inter" tarkibida 181 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 26 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Bu futbolchiga “Barselona” ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist