«Manchester City»ning yangi futbolchisi 10-raqam ostida to'p tepadi
Photo: Getty Images
"Manchester City" vingeri Rayan Sherki 2025/26 yilgi mavsumda 10-raqamda harakat qiladi.
Fransiyalik futbolchi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati oldidan "Lion"dan kelib qo'shilgan bo'lib, 5 yillik shartnoma imzoladi.
Sherki AQShdagi turnirda 29-raqamni kiygan edi. 10-raqamli futbolka Jak Grilish "Everton"ga ijaraga berilganidan so'ng bo'shadi.
Bir necha kun avval 29 yoshli Jak "irislar"ga yo'l olgandi.
Eslatib o'tamiz, Sherki "Lion"da 18-raqamda harakat qilgan.

Bahrom Bobonov
Redaktor