Manchester Cityda yangi imkoniyat? Abduqodir Husonov katta burilish ostonasida
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husonov “Manchester City” safida faoliyat yuritmoqda va hozirda jamoa tarkibida o‘z o‘rnini mustahkamlash ustida ishlamoqda. Yaqin orada klub murabbiylar shtabida kutilayotgan o‘zgarishlar yosh futbolchi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.
Yaqinda “Manchester City” jamoasi 2024/25 yilgi mavsum yakunlanishi bilan Xosep Gvardiolaning murabbiylar shtabidagi uch muhim shaxs jamoani tark etishini e’lon qildi. Gap bosh murabbiy yordamchilari — Xuanme Lillo, Inyigo Domingese va Karlos Visens haqida ketmoqda. Lillo va Domingese bilan shartnomalar uzaytirilmaydi, Visens esa faoliyatini Portugaliyaning “Benfika” klubida bosh murabbiy sifatida davom ettiradi.
Klubga yaqin manbalarga ko‘ra, bu o‘zgarishlar jamoaning tayyorgarlik jarayoniga yangicha yondashuv maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ma’lum futbol jurnalisti Fabrizio Romano xabar berishicha, “Manchester City” murabbiylar shtabini to‘ldirish uchun bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Kolo Ture va Pep Leyners kabi turli tajribaga ega mutaxassislar ham bor.