“Manchester City” yangi uchinchi formada: kulrang asos, neon aksentlar va o‘zbek muxlislari uchun quvonch
“Manchester City” va Puma 2025/26 yilgi mavsum uchun uchinchi forma to‘plamini taqdim etdi. Konsept Manchester ob-havosidan ilhomlangan: kulrang baza, yomg‘ir tomchilariga o‘xshash tekstura, chaqmoqdek neon-yashil detallar va ko‘krakdagi “Etihad Airways” logotipi dizaynga dinamika qo‘shgan. Neon "insert"lar va yashil-javhar tusidagi emblema ham asosiy aksentlardan biri bo‘ldi.
Taqdimotda jamoa futbolchilari yangi libosda namoyon bo‘ldi, ular orasida o‘zbek muxlislari uchun diqqat markazida bo‘lgan Abduqodir Husonov ham bor. Shuningdek, Ryan Cherki yangi mavsumda 10-raqam ostida o‘ynaydi.
Futbolkaning pastel-kulrang fonidagi tomchi-print Manchester yog‘ingarchiligini eslatadi. Uchinchi to‘plam asosan safar bahslari va xalqaro uchrashuvlarda ishlatiladi.