“Manchester City” va “Lаns” futbolchilari Abduqodir Husanovni to‘yi bilan tabrikladi
O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Manchester City” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning to‘y marosimi so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, uning jamoadoshlaridan kelgan tabriklar katta qiziqish uyg‘otdi.
Jumladan, ingliz klubi yulduzi Jack Grealish maxsus video yo‘llab, o‘zining tilaklarini bildirdi:
“Husa, bu Jack! To‘y kuning bilan chin dildan tabriklayman, barcha yaxshiliklarni tilayman”, — dedi u tabassum bilan. Bu samimiy murojaat futbol ishqibozlari uchun yoqimli syurpriz bo‘ldi va jamoa ichidagi do‘stona munosabatlarni yana bir bor tasdiqladi.
Tabriklar safidan “Manchester City” futbolchisi va Husanovning yaqin do‘sti sifatida tilga olinadigan Vitor Reis ham o‘rin oldi. U ham yangi turmush qurgan juftlikka ezgu tilaklarini yo‘lladi. Shuningdek, fransiyalik “Lаns” jamoasidagi sobiq jamoadoshlari ham o‘zbek futbolchisini to‘yi bilan tabriklashdi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham to‘y marosimida ishtirok etib, o‘zining markaziy himoyachisini samimiy muborakbod etdi.