locale OZ

«Manchester City» Savioning narxini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» Savioning narxini e'lon qildi
Photo: Getty Images

“Manchester City” klubi vinger Savioning transfer narxini e'lon qildi. Bu haqda Globo Esporte nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Tottenhem” klubi Braziliya terma jamoasining 21 yoshli vingeri uchun 43 million funt sterling taklif qilgan, ammo “shaharliklar” ko'proq mablag' olmoqchi.

Manchester klubi futbolchi uchun bonuslar bilan birga 70 million yevro olishni istamoqda. Ayni damda tomonlar muzokara olib bormoqda.

Braziliyalik vinger o'tgan yozda “Manchester City” safiga qo'shilgan. 2024/2025 yilgi mavsumda u 29 ta o'yinda maydonga tushib, 1 gol urgani, 8 assist amalga oshirgani qayd etilgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting