«Manchester City» Ruben Dias bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Manchester City
“Manchester City” himoyachi Ruben Dias bilan shartnoma muddatini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
28 yoshli futbolchi “shaharliklar” bilan kelishuvni 2029 yil yozigacha uzaytirdi. Avvalgi shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangandi.
Ma'lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi a'zosi “City”ga 2020 yili 71,6 million yevro evaziga “Benfica”dan o‘tgandi.
U Manchester klubi bilan 5 yil ichida 4 bor APL chempionligini qo‘lga kiritdi.
Dias o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 27 o‘yin o‘tkazib, 4 bor sariq kartochka olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist