locale OZ

«Manchester City» Rodrigo'ni sotib olmoqchi

Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» Rodrigo'ni sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Real” hujumchisi Rodrigo Goes Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Fichajes nashrining yozishicha, braziliyalik futbolchiga “Manchester City” jiddiy qiziqmoqda.

Futbolchi klub bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan munosabatlari yomonligi sabab “Real”ni tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.

“Manchester City” esa vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi. Lekin transfer osonlikcha hal bo‘lmasligi mumkin.

Rodrigo joriy mavsumda “Real” safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 90 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting