locale OZ

«Manchester City» Rodrigo uchun qancha to‘lamoqchi ekani ma’lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» Rodrigo uchun qancha to‘lamoqchi ekani ma’lum
Photo: Getty Images

“Real” hujumchisi Rodrigo Goes faoliyatini “Manchester City”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder va jurnalist Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Manchester City” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub rahbariyatidan Rodrigoning transferini talab qilgan. Klub egalari ham ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlab, braziliyalik futbolchi uchun kamida 100 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan.

Agar futbolchining o‘zi jamoani tark etishni istasa, “qirolicha klubi” unga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq, klub rahbariyati 23 yoshli futbolchi uchun kamida 100 million yevro talab qilmoqda.

Rodrigo o‘tgan mavsum “Real” safida jami 54 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting