«Manchester City» Rodriga o‘rinbosar topdi
Klub Bundesligadan futbolchi olib kelmoqchi.
ФОТО: Getty images
“Manchester City” klubi ispaniyalik yarim himoyachi Rodri uchun munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Bunga futbolchining ko‘p jarohat olishi va avvalgi sport formasiga qaytishi qiyin kechayotgani sabab bo‘lgan.
CityXtra nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shaharliklar” “Bavariya” futbolchisi Aleksandr Pavlovichni sotib olmoqchi. Futbolchining iqtidor va saviyasi Xosep Gvardiolaga ma’qul kelgan.
Pavlovichning “Bavariya” bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Pavlovich “Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum myunxenliklar safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali Aleksandrning qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist