locale OZ

«Manchester City» Pavlovichni sotib olmoqchi

"Bavariya" 21 yoshli futbolchini shunchaki qo'yib yubormaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» Pavlovichni sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Manchester City” klubi “Bavariya” yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovichni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" 21 yoshli o‘yinchini jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘la olmayotgan Rodriga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

29 yoshli ispaniyalik futbolchi tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan to‘liq qutula olmayapti.

Qayd etilishicha, ingliz klubi Pavlovich uchun 45-50 million yevro atrofida taklif kiritishga tayyor.

Aleksandr joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylandi. Uning myunxenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting