\"Manchester City\" Makati uchun narx belgiladi
Photo: Getty Images
"Manchester City" yarim himoyachisi James Makati jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati 22 yoshli angliyalik futbolchi uchun 40 million yevro narx belgilagan. Futbolchiga "West Ham" va "Eintracht" klublari qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq u Germaniya klubi bilan kelishuvga erishgani ham xabar qilingandi.
Makati 2024/25 yilgi mavsumda 27 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor