locale OZ

“Manchester City” klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini 1/8 finalda tark etdi

Angliya chempionlari Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

AQShning Orlando shahrida joylashgan “Camping World” stadionida Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichida “Manchester City” hamda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Kattta dramatizmga boy bellashuvda “Al-Hilol” qo‘shimcha daqiqalarda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Asosiy vaqt yakuniga ko‘ra, jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynadi. “City” safida Bernardo Silva va Erling Holland, “Al-Hilol”da esa Markos Leonardo hamda Malcom gol urdi.

Qo‘shimcha daqiqalarda Kalidou Koulibaly va Markos Leonardo Saudiya klubi tarkibida navbatdagi gollarni kiritishdi. Angliyaliklardan esa Phil Foden bir bor to‘pni aniq yo‘lladi, biroq bu yetarli bo‘lmadi.

Natiijada, “Al-Hilol” chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Braziliyaning “Fluminense” klubiga qarshi maydonga chiqadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting