locale OZ

\"Manchester City\" hujumchisini ijaraga berib yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester City" hujumchisini ijaraga berib yubordi
Photo: Getty Images

"Manchester City" hujumchisi Divin Mubamani "Stoke City"ga ijaraga berib yubordi, deya xabar bermoqda BBC.

20 yoshli Mubama o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan (2 ta o‘yin va 1 ta gol asosiy jamoada).

Transfermarkt portali futbolchining narxini 4 million yevroga baholamoqda. Shuningdek, "Stoke City" safini "Plymut" safida to‘p tepgan Ukraina terma jamoasi himoyachisi Maksim Talovrov ham to‘ldirganini qo‘shimcha qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Stoke City" 2017-18 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra APLni tark etgandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting