locale OZ

«Manchester City» himoyachisi «Galatasaray»ga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» himoyachisi «Galatasaray»ga o'tishi mumkin
Фото: Getty Images

“Manchester City” himoyachisi Manuel Akanji yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbada ta'kidlanishicha, "shaharliklar" Akanjini qo'yib yuborishga tayyor, biroq "Galatasaray" tomonidan taklif etilgan summa rahbariyatni qoniqtirmayapti.

Agar istanbulliklar futbolchi uchun so'ralgan summani taqdim etsa, "Manchester City" ushbu transferga ruxsat berishi mumkin.

Akanji "Manchester City" safida 2022 yildan beri to'p suradi. Himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 40 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting